Lugʻat

Umumiy inbox

Boshqacha nomi: Shared inbox · Umumiy pochta qutisi · Jamoaviy inbox

Umumiy inbox — bir nechta xodim mijozlar xabarlarini bitta roʻyxatda koʻradigan, oʻzaro taqsimlaydigan va har bir suhbatga kim javob berayotganini biladigan ish joyi.

Umumiy inbox bitta login-parolni butun jamoa boʻlib ishlatishga barham beradi. Har bir xodim oʻz akkauntidan kiradi, har bir suhbatda esa masʼul kishi koʻrinib turadi. Shunda bitta mijozga ikki kishi javob yozmaydi va hech bir xabar javobsiz qolib ketmaydi.

Odatda unda navbat, suhbatni oʻziga olish, holatlar va faqat jamoa koʻradigan qaydlar boʻladi. Bir nechta kanal bitta roʻyxatga yigʻilsa, uni omnikanal inbox deyishadi.

Ristida qanday

Yangi suhbatlar Hali hech kim olmagan navbatiga tushadi; xodim Men olaman tugmasi bilan suhbatni oʻziga oladi. Har bir suhbatda bitta Masʼul boʻladi, boshqalar Yordam beradi yoki Kuzatadi sifatida qoʻshiladi.

Holatlar: Ochiq, Mijoz javobi kutilmoqda, Tayyor, Yopilgan va belgilangan vaqtgacha Keyinga qoldirilgan. Jamoaga yozilgan gaplar Jamoa uchun qayd boʻlib qoladi, mijoz ularni koʻrmaydi: batafsil ichki qayd sahifasida.